"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2025-yil 29-may kuni Surxondaryo viloyatidagi Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va oldini olish choralari haqida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

photo2025-06-0411-08-05.jpg

Tadbirda 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.X. so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar, jumladan, maxsus qonun hujjatlari, davlat xizmatlarining elektronlashtirilishi, ochiq va shaffof byudjet siyosati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.

photo2025-06-0411-08-11.jpg

Shuningdek, davra suhbati davomida xodimlar korrupsiya mavzusida tayyorlangan ta’sirli video lavhalar bilan tanishdilar. Ushbu videoroliklar orqali korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishning ahamiyati va har bir fuqaroning bu boradagi fuqarolik pozitsiyasi yoritib berildi. Ko‘rilgan lavhalar yuzasidan ochiq muloqot va muhokamalar tashkil etildi.

photo2025-06-0411-08-16.jpg

Tadbir yakunida xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashda har bir davlat xizmatchisining halolligi va mas’uliyati katta o‘rin tutishini ta’kidlab, bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar amaliy foyda berishini e’tirof etdilar.

Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy madaniyatni oshirish, xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirish va ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang