"EMMM" DUK yangiliklari

Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish Sirdaryo viloyati EMMXning ustuvor vazifasi hisoblanadi

Bugungi kunda mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Amaldagi qonunchilik talablariga asosan davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ularning to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishi uchun choralar ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rishi shart.

Ma’lumki, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga yuklatilgan. Oxirgi yillarda mamlakatimizda mobil aloqa qamrovining holati ijobiy tomonga o‘zgarib borayotgan bo‘lsada ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifati yuzasidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga jismoniy shaxslardan shikoyatlar kelib tushishi davom etmoqda. O‘z navbatida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi kelib tushgan shikoyatlarning mazmun-mohiyatiga qarab “EMMM” DUK yoki viloyatlardagi EMMXlarga mobil aloqa qamrovini o‘lchash ishlarini amalga oshirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llashi mumkin.

Misol uchun, 2016-2023 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati EMMXga “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy shu’basidan mobil aloqa qamrovini o‘lchash ishlarini amalga oshirish yuzasidan jami 284 ta murojaat kelib tushgan.

 

 

Kelib tushgan barcha murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zDSt 3207:2023 “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari sifatining normalari va baholash usullari” O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartiga asosan texnik o‘lchov ishlari amalga oshirilib natijalari belgilangan tartibda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy shu’basiga taqdim etilgan.

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov.

Faylni tanlang