"EMMM" DUK yangiliklari

Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limida hamkorlikda o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 27-avgust kuni Surxondaryo  viloyati  EMMX xodimlari tomonidan Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarorining 3-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomning ijrosini ta’minlash, hamda hamkorlikda olib boriladigan ishlarni yanada mustahkamlash maqsadida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

photo2025-08-2914-52-00.jpg

photo2025-08-2914-52-05.jpg

Tashkil etilgan o‘quv-seminarda Surxondaryo  viloyati  EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev Samadjon Safar o‘g‘li tomonidan Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 3-ilovasidagi Nizomga asosan hamkorlikda ishlash tartibi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish yuzasidan reyd tadbirlarini hamkorlikda tashkillashtirish, tadbir davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlash hamda hujjatlashtirish (ashyoni olib qo‘yish, ekspertizadan o‘tkazish va to‘plangan hujjatlarni vakolatni organga yuborish) jarayonlarida profilaktika inspektorlarining ishtirokini ta’minlash zarurligi tushuntirildi. 

Shuningdek, nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi. 

photo2025-08-2914-52-10.jpg

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev S.S.   

Faylni tanlang