"EMMM" DUK yangiliklari

Til millat boyligi

cdsfefdvf.png

Til – millatning faxri, g‘ururi va ko‘zgusidir. Til – millatning timsolini, ruhini,  madaniy va ma’naviy qarashlarini, madaniyatini, turmush tarzini, tarixini, asrlar davomida shakllangan dunyoqarashini o‘zida aks ettirgan va uni avloddan avlodga yetkazishda beminnat vosita bo‘lgan buyuk  qadriyatdir.

 Millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri bu til. Shunday ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Til tarixini, uning shakllanish jarayonini, rivojlanishini xalq tarixidan ayri holda o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki unda millat o‘tmishi, asriy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi. Shu bois Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida “Erdam boshi tildir”, ya’ni “Barcha fazilatlar, ezguliklar tildan boshlanadi”, deb ta’kidlaydi.

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, tilimizning keng imkoniyatlarini ochib berish, uning millat hayoti va ma’naviy-mafkuraviy qarashlaridagi ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida juda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Natijada ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, siyosiy-huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Dunyo sivilizatsiyasiga bemisl hissa qo‘shgan eng buyuk ajdodlardan meros qolgan bebaho boyligimiz – ona tilimizni asrab-avaylash, til rivoji va sofligi yo‘lida, yosh avlodga milliylik, vatanparvarlik ruhini singdirishda barcha birdek mas’ul ekanini unutmaslik lozim. 

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang