"EMMM" DUK yangiliklari

O‘quv Soati

Joriy yilning 18-yanvar kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Transport va logistika bo‘limi yetakchi muhandisi M.X.Jurayev tomonidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2014-yil 17-yanvardagi 22-son Qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

 

Bunga ko‘ra, mazkur nizomda avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar; tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi haqida ifodalar keltirilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxs bo‘lgan yuklarni tashuvchilar yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositasini texnik sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirishi, shuningdek avtotransport vositasini har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshqarmasligi kerakligi;

 

 

 tashuvchi avtotransport vositalari yo‘nalishga chiqish oldidan mexanik tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini hamda haydovchilar yo‘nalishga chiqishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishlarini ta’minlashi shartligi;

yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan, haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmay turib yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanishi;

yo‘nalishga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nosoz deb topilgan avtotransport vositalariga, tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etilmagan haydovchilarga yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish taqiqlanishi;

yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tashuvchi tomonidan amalga oshirilishi va yo‘nalishga chiqishdan oldin avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tashuvchiga tegishli bo‘lgan nazorat-texnik punktlarida amalga oshirilishi,

NTP yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositasining texnik ko‘rigini o‘tkazishga imkon beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozimligi hamda boshqa talablar ko‘rsatib o‘tilganligi haqida tushuntirildi.

Faylni tanlang