"EMMM" DUK yangiliklari

Uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida yo‘l harakatini boshqarish

Shaharlarda xavfsizlikni yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirishning innovatsion usullari joriy etilayotgani sababli, harakatni boshqarishda va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan (UUQ) foydalanish tobora ommalashib bormoqda. UUQlar harakatni kuzatish va boshqarishning samarali va tejamkor usulini taklif etadi, shu bilan birga haydovchilar va piyodalar uchun xavfsizroq muhitni ta’minlaydi.

UUQ tomonidan yo‘l harakati holatini monitoringi

UUQlardan yo‘l tuzilmasi va boshqa sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun foydalanish hozirda keng tarqalmagan. Ko‘pgina muammolar havo hududidan foydalanish, UUQni boshqarish va axborot uzatish uchun ajratilgan 2,4 va 5,8 GGsli chastota diapazonini ajratish bilan bog‘liqdir.

UUQ quyidagi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etish imkoniyatiga ega:

    • transport vositasini qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanishi;

    • transport vositasini yo‘l chetidan harakatlanishi;

    • transport vositasini maxsus ajratilgan yo‘lakdan harakatlanishi;

    • velosiped yo‘llari va piyodalar yo‘laklarida transport vositasining harakatlanishi;

    • transport vositasini harakat yo‘lagida no‘to‘g‘ri joylashishi.

 

Videoqurilma bilan jihozlangan UUQ 200m gacha bo‘lgan masofadan parvoz paytida ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayd etish imkoniyatiga ega, buning asosida yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni javobgarlikka tortish uchun zarur dalillar bazasini shakllantirish mumkin.

Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida qarorlar chiqarish uchun, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining maʼmuriy huquqbuzarliklarni avtomatlashtirilgan hisobga olish markaziga avtomatik tarzda yuborilishi yoki qoidabuzarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun yoʻl-patrul xizmati orqali yuborilishi mumkin.

UUQdan bazaga ma’lumot uzatish sxemasi

Umuman olganda, yo‘l harakati va yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish xavfsizlikni sezilarli darajada yaxshilaydi va tirbandliklarni kamaytiradi. Trafikni kuzatish, potentsial xavflarni aniqlash va qimmatli ma’lumotlarni taqdim etish orqali UUQlar haydovchilar va piyodalar uchun xavfsizroq muhit yaratishga yordam beradi.

 

TvaYAB 1-toifali muhandisi

Raximgaziyev F.F.

Faylni tanlang