"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyatida mobil aloqa qamrovini o‘rganish yuzasidan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi

Buxoro viloyati hududida mobil aloqa qamrovini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi. Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa qamrovi o‘rganildi. O‘rganish davomida Buxoro viloyati hududida mobil aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan joylar aniqlandi. Radiomonitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga taqdim etildi.

Buxoro viloyati EMMX

1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang