"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Joriy yilning 21-23-fevral kunlari Jizzax viloyatining Arnasoy va Zafarobod tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

 

Unga Favqulodda vaziyatlar davlat hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari jalb etildi. O‘quv mashqining asosiy maqsadi –xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarni bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda tizim xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish belgilandi.

 

O‘quv mashg‘uloti davomida tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va ko‘p sonli jabrlanganlarni qabul qilish, yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, “Covid-19” tarqalishining oldini olish, talofat ko‘rgan binolardan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish kabi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi organlari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.

 

 

 

 

 

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida “EMMM” DUK hamda EMM xizmati xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang