"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi

Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulug‘lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navro‘z umumxalq bayrami ham o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarafidan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan Navro‘z bayrami “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda joriy yilning 24-mart kuni nishonlandi.

Shu kuni korxonamiz hududi Navro‘z bayrami mazmun-mohiyatiga mos ravishda bezatilganligi, xodimlarning milliy ruhda kiyinganligi, bayram dasturxonining sumalak va bahoriy noz-ne’matlar bilan bezatilganligi kishiga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Navro‘z bayramini keng nishonlash bilan birga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning yangi ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha korxonalari va hamkor tashkilotlarning vakillari ham qatnashdilar. Mehmonlarga korxonamiz tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yangi ma’muriy binoda xodimlar samarali mehnat qilishlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Fursatdan foydalanib, ushbu qutlug‘ kunlarda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda O‘zbekistonimizning har tomonlama rivojlanishi va taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz.

 

Faylni tanlang