"EMMM" DUK yangiliklari

Qo‘ng‘irot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28 dekabrdagi PF-4904-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni iste’molchilarning har qanday murojaatlarini samarali va tez fursatlarda ko‘rib chiqilishiga huquqiy asos bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barcha sohalar kabi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning yuqoridagi Farmon talablari ijrosi yuzasidan joylarda iste’molchilar bilan sayyor qabullar o‘tkazish rejalari mavjud.

Vazirlik hududiy boshqarmasining 2022-yilda joylarda sayyor qabullar tashkil etish reja jadvaliga asosan, shu yilning 23-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda Qo‘ng‘irot tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, faollar va fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulni Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Bayekeyev ochib berdi va sohada keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi.

 

Shundan keyin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ularga, tadbirda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlarning xodimlari to‘liq va asoslangan javoblarni taqdim qilishdi.

Mobil aloqa (internet) qamrovi yuzasidan ham fuqarolardan bir qancha murojaatlar bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i I.Reimov hududlarda mobil aloqa (internet) qamrovi muntazam ravishda o‘rganib borilishi va olingan ma’lumotlar Hududiy boshqarma va mobil operatorlarga yangi tayanch stansiyalar o‘rnatish uchun tavsiya qilinishi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

 

Ko‘pchilik murojaatlarga shu joyning o‘zida yechim topilganligi bois qo‘shimcha ravishda o‘rganib chiqish talab qilinmadi. O‘rganib chiqishi lozim bo‘lgan murojaatlarga Hududiy boshqarma tomonidan muddatlar belgilanib ijrochilarga topshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi A.Matyakubov

Faylni tanlang