"EMMM" DUK yangiliklari

Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” gi Qaroriga muvofiq radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni 2022-yil mobaynida tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati EMMX xodimlari tomonidan 2022-yil 8-iyun kuni Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida oʻquv seminar tashkil etildi.

 

O‘quv-seminarida asosan Fargʻona viloyati hududida ishlatishga ruxsat etilmagan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarga jalb qilingan Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tayyorladi: 2-toifali Tizim muhandisi D.Alimdjanov

 

Faylni tanlang