"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 26-fevral kuni Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Rejasi” ijrosi doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Sirdaryo viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQlardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom” batafsil o‘rganib chiqildi.

Yuqoridagi Nizom talablarini o‘rganish davomida Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari viloyat hududida REV va YuChQlardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlanganda Sirdaryo viloyati IIB bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini batafsil tushuntirib berishdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga zaruriy holda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan REV va YuChQlar ekspert xulosasini tayyorlash uchun Sirdaryo viloyati EMMXga yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari REV va YuChQlar taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay belgilangan shakldagi texnik ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirib berishlari hamda bu bilan bog‘liq xarajatlar Sirdaryo viloyati IIB mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerakligi haqida ma’lumot berildi.

O‘quv seminari davomida Sirdaryo viloyati IIB xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX radiooperatori-Jo‘rayev J.N.

Faylni tanlang