"EMMM" DUK yangiliklari

IT park Urganch filialida “EMMM” DUKning ko‘rgazmali laboratoriya xonasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni ko‘zda tutgan “Besh tashabbus”ning uchinchisini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi asosiy vazifalarni belgilab olgan.

Bizga ma’lumki, IT yoʻnalishi iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yoʻli hisoblanadi. IT Park – ushbu sohaning lokomotivi. IT sohasining mukammalligi bu inson kapitali boʻlib, odamlar tufayli Oʻzbekiston texnologik davlatga aylanadi.

Sivilizatsiya taraqqiyotida tengsiz iz qoldirgan, matematika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari poydevorini yaratgan buyuk olim Muhammad al-Xorazmiy vatanida IT markazining ochilishi bo‘lajak yosh olimlar va IT mutaxassislarini yetishib chiqishi, ularning har tomonlama mukammal bilim olishi uchun xizmat qiladi.

Xorazm viloyatida ochilgan yangi inkubatsiya markazining ustuvor vazifalari: innovatsion loyihalar yaratishga intilayotgan yoshlarning iqtidorini aniqlash, ilg‘or biznes-g‘oyalar uchun inkubatsiya dasturlarini o‘tkazish va startap loyihalarini amalga oshirishda talabalarga har tomonlama ko‘mak berish. Mazkur markaz zarur jihozlar va kompyuter uskunalari, ya’ni noutbuk, interaktiv doskalar, multimediya proyektorlar, printerlar va boshqa qo‘shimcha jihozlar bilan jihozlangan.

 

 

IT Park Urganch filialida mahalliy IT kompaniyalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, unda yuqori tezlikdagi internet aloqa va zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan ofislar, kovorking markazi tashkil etilgan. Xorazm viloyati EMMX O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasing ko‘rsatmasiga binoan IT Park Urganch filialida “EMMM” DUKning rasmiy timsol (logotip) lari tushurilgan ko‘rgazmali laboratoriya xonalarini tashkil etdi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarga korxonamiz to‘g‘risidagi dastlabki nazariy ma’lumotlarni berishga xizmat qiladi.

 

 

IT markazi yosh avlodning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olishi va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarga ega:

- Kompyuter savodxonligi;

- Chuqurlashtirilgan MS Office;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafik va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

- Va eSPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.

IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan yirik IT loyihalardan biri – «Bir million dasturchi» doirasida Xorazm viloyatida jami 300 mingdan ortiq tinglovchilar tahsil olib, ulardan 270 ming nafari kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Ayni vaqtga kelib, IT Park Urganch filiali qoshida 13 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, 13 ta IT maktab hamda BPO yo‘nalishi bo‘yicha maktab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda filialda 9 nafar rezident faoliyat ko‘rsatadi va 40 ga yaqin startap loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 5 tasi moliyalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida iqtidorli yoshlarning ilg‘or, innovatsion biznes loyihalarining yanada ortishi va texnologik jamiyatning yuksalishi uchun motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

 

Xorazm viloyati EMMX muhandisi M.Sayidova

 

Faylni tanlang