EMMM yangiliklari

Sog‘lom tanda sog‘ aql

Yurtimizda so‘nggi yillarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bunga misol tariqasida 2020-yil 

30-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganini keltirishimiz mumkin. 

Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan  ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Har hafta xodimlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va chiniqtirish mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga aylantirishga qaror qilgan hamkasblarimiz mazkur tadbirlarda faol qatnashib kelishmoqda.

Yuqorida aytib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-noyabr kuni xizmatning ishchi-xodimlari ishtirokida “Sog‘lom tanda sog‘ aql” shiori ostida sport tadbirlari va mashg‘ulotlari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar stol tennisi, yugurish va shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha yana bir karra o‘zlarining jismoniy salohiyatlarini namoyon etdilar.

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi S.Ermamatov

Faylni tanlang