"EMMM" DUK yangiliklari

Sog‘ tanda sog‘lom aql

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Chunki inson jismonan sog‘lom bo‘lsa, bu bevosita aqliy va ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Shuning uchun ham sog‘ tanda sog‘lom aql deb bejizga aytilmagan.

“EMMM” DUK rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan korxonada sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “EMMM” DUK kasaba uyushmasi tomonidan Qashqadaryo viloyati EMM xizmati ham kerakli sport inventarlari bilan ta’minlangan. Xodimlarimiz bo‘sh vaqtlarida muntazam sport bilan shug‘ullanib, sportni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirmoqdalar.

Ayniqsa, jamoamiz orasida sportning futbol, stol tennisi va shaxmat turlari sevib o‘ynaladi. Sport bahslarida har safar g‘olib o‘yinchining o‘zgarib turishi - ishtirokchilarning g‘alabaga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu musobaqalarning qiziqarliligi va jozibadorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, sport xodimlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, ahillik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun ham xizmat qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.Qudratov

Faylni tanlang