"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati hududida ruxsatnomalarsiz noqonuniy foydalanilayotgan va bojxona orqali noqonuniy olib kirilayotgan radioelektron vositalar faoliyati to‘xtatildi

Joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm  viloyati hududiy sho‘basi, Xorazm viloyati IIB, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari hamkorligida Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan Xorazm viloyati bo‘ylab radiomonitoring bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida Xorazm viloyati Yangiariq, Urganch va Hazorasp tumanlarida va Urganch shahrida muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan signal kuchaytirgich qurilma (repeater)lardan foydalangan holda  mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar hosil qilib foydalanilayotgan jami 4 dona signal kuchaytirgich qurilma (repeater)lar aniqlanib, bartaraf qilindi. 

dsfghdfg800x630.jpg

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy foydalanib kelayotgan jami 11 dona hamda bojxona orqali noqonuniy olib kirilayotgan jami 9 dona Baofeng “BF-888S” rusumli radioelektron vositalarini foydalanishdan va olib kirilishidan to‘xtatib qolindi.

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilib, tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang