"EMMM" DUK yangiliklari

Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!

qqqqq1000x519.jpg

Joriy yil mamlakatimizda Mustaqillik kuni ayni shu bayram “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh g‘oyasi negizida nishonlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 27-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi.      

qqqq11000x584.jpg

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy o‘quv soati tashkil etildi.

qqqqq21000x652.jpg

Tadbirda Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i X.Tojiyev va muhandislar A.Olmasov hamda M.Abdualimovlar so‘zga chiqishdi. Ular o‘z nutqida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqimizning ertangi farovonligini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa keng bunyodkorlik ishlari yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

Faylni tanlang