"EMMM" DUK yangiliklari

Yoshlarda haqiqiy vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish

Joriy yilning 26-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “Yoshlarda haqiqiy vatanparvarlik tuyg‘ularini targ‘ib qilish, kayfiyatini shakllantirish“ mazvusida davra suhbati o‘tkazildi.

  Mazkur tadbirga Yashnabod tumani Milliy Gvardiya boshqarmasi o‘rinbosari mayor O. Pulatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi polkovnik O.D. Azimovlar tashrif buyurishdi. 

ceee1000x666.jpg

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, Vatanga fidoyilik va sodiqlik bilan xizmat qilishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, milliy armiya saflarini zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.

Bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda respublikamizda bir qator ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.

Inson tarbiyasi oiladan boshlanadi, so‘ng maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, kollej yoki institut, armiyada davom etadi. Har bir bosqichda yoshlarning kamol topayotgan ongini yot g‘oyalardan ehtiyot qilish kerak. 

cwwcwc806x603.jpg

Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi avlodni shakllantirish hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mazkur fazilatlarni shakllantirish mexanizmlarini, rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu bois, bugun dunyoda milliy vatanparvarlikning genezisi, evolyutsiyasi va transformatsiyasi; millatlararo munosabatlarda vatanparvarlikning o‘rni; vatanparvarlik va geosiyosat muammosi; vatanparvarlik fenomenining axloqiy mazmuni, o‘zgarish dinamikasi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda vatanparvarlik tarbiyasi va targ‘ibotiga munosabat tubdan o‘zgardi. Vatanparvarlikni targ‘ib qilishning samarali mexanizmlari ishlab chiqildi, bu borada texnik va texnologik vositalarning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyatini shakllantirish maqsadida turli harbiy-sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Yurtimizda “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Mardlik” medallari ta’sis etildi.

wecwec1076x698.jpg

Shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi hisoblangan san’at, tarixiy va me’morchilik yodgorliklarini asrab-avaylash, ularning tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyatini bilish talab etiladi. Zero, bir necha asrlar davomida yaratilgan obidalarimiz - masjid, madrasa, saroy, abservatoriya, qasrlar, osmono‘par minoralar, maqbaralar, boy, qo‘hna va navqiron tariximiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Turkiston yodgorliklari kimlarni hayratga solmagan deysiz. Ular yoshlar qalbida ham o‘tmish tariximizga, ajdodlarimizning yuksak ilm va kasb mahoratiga cheksiz hurmat, ular bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang