"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand shahrida Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yer usti xizmatlari stansiyalariga chastota biriktirmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ekspert guruhining yig‘ilishi

Samarqand shahrida 2022-yil 27-28-oktabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yer usti xizmatlari stansiyalariga chastota biriktirmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “EMMM” davlat unitar korxonasi, UNICON.UZ va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi.

“Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi hududlarida fuqarolik radioxizmatlari foydalanadigan radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi Kelishuv” loyihasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari tomonidan yer usti xizmatlarining radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va radiochastotalarni BRIFICda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. 92-100 MHz (5 TVK) radiochastota diapazonini Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama asosda taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Faylni tanlang