IT news

AKT vaziri Nokia rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Borxert bilan uchrashdi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishida istiqbolda turgan hamkorlik masalalari yaqindan muhokama qilindi. Jumladan, kadrlar malakasini oshirish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.

Jahonning uzoq yillik tajriba va tarixga ega kompaniyasi hisoblangan Nokia kompaniyasi 150 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda u mobil, simli va keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlari uchun uskunalar, IT-yechimlar ishlab chiqarishda xalqaro miqyosda tan olingan ekspert hisoblanadi.

Manba: Axborot xizmati

Choose File