Radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining aniqlash maqsadida joriy yilning oktyabr oyida Navoiy viloyati elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan Navbahor tumani va Navoiy shahrida radiomonitoring tadbirlari olib borildi.
Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida efirda noqonuniy radioelektron vositalarning mavjudligi aniqlandi va ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy sho‘basi xodimlari hamda Navoiy viloyati IIB xodimlari jalb e’tildi. Hamkorlikda olib borilgan bir nechta tadbirlar natijasida 21 dona “Baofeng BF-999S” hamda 22 dona “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.