"EMMM" DUK yangiliklari

O‘QUV SOATI

Joriy yilning 29-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida, Bosh komplayens inspektori T.B.Islamov tomonidan Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish davlat sektori mavzusida tushuntirishlar berildi.

fbghgfgsgd1000x666.jpg

Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi

davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.

o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan; 

dfbdfbg1000x666.jpg

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari

qonuniylik;

fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

xolislik;

korrupsiyaga nisbatan murosasizlik.

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining huquq va majburiyatlari

Huquqlari: maxsus bo‘linmaga maslahat so‘rab murojaat etish; 

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni elektron yoki yozma shaklda taqdim etish.

Majburiyati: o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi.

lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi;

mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘z ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining bevosita rahbarini yoki maxsus bo‘linmani xabardor qilishi;

o‘zining bevosita bo‘ysunuvidagi xodimlarni yoki boshqa xodimlarni bevosita yoki bilvosita o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga (harakatsizlikka) majburlamasligi

o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot nazorati ostidagi tashkilotdan yoki uning tarkibiy bo‘linmasidan ishga qabul qilish to‘g‘risida takliflar kelib tushganligi holati haqida bir ish kuni ichida xabar berishi;

boshqa xodimlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risida xabar berishi; 

ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish maqsadida maxsus bo‘linmaning so‘roviga ko‘ra ma’lumotlar taqdim etishi shart.

Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar 

Xodimining yaqin qarindoshlari, shuningdek, yuridik shaxslar, agar ushbu yuridik shaxsning boshqaruv organi rahbari yoki a’zosi yoxud ustav fondiga xodimning o‘zi yoki uning yaqin qarindoshlari egalik qilsa, davlat organi xodimiga aloqador shaxslar hisoblanadi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq axborotni va materiallarni davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan so‘rab oladi va o‘rganadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi faoliyatini o‘rganadi;  

manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda bitimni bekor qilish, qarorni va boshqa hujjatni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma yoxud ularni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga da’vo kiritadi;

Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestrining, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomaning, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlaydi;

davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar uchun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni e’lon qiladi;  

manfaatlar to‘qnashuvi natijasida fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning manfaatlariga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;    

maxsus bo‘linmalar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni, ularda tegishli ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitishni tashkil etadi; 

manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar haqida ma’muriy bayonnoma tuzadi va uni ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi.

dfbdfbdfb1000x666.jpeg

sdfvbdfvdfbg1000x666.jpg

Faylni tanlang